PCOS — ayollarda jinsiy gormonlar muvozanatining buzilishi natijasida tuxumdonlar faoliyatining o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Tuxumdonlarda ko‘plab mayda suyuqlik to‘plamlari (kistalar) paydo bo‘ladi, bu esa hayz buzilishlariga, bepushtlikka va tashqi belgilar (yog‘li teri, husnbuzar, ortiqcha tuk)ga olib keladi.
Belgilari:
- Hayz ko‘rishning buzilishi yoki butunlay yo‘qligi
- Husnbuzarlik, yog‘li teri
- Ortiqcha tuklanish (girsutizm)
- Tuxumdonlar ustida kistalar
- Homilador bo‘lishda muammo
Sabablari:
- Gormonal disbalans (androgen va insulin yuqoriligi)
- Irsi omillar
- Ortiqcha vazn
- G‘ayritabiiy ovulyatsiya
Diagnostika:
- Gormonlar tahlili
- UZI tekshiruvi
- Qand va insulin testlari
Davolash:
- Gormonal terapiya
- Ovulyatsiyani rag‘batlantirish
- Vazn nazorati
- Sog‘lom turmush tarzi

