O‘pka rentgenografiyasi — bu ko‘krak qafasi va o‘pka tuzilmalarini tekshirishga imkon beruvchi an’anaviy radiologik tekshiruvdir. Pnevmoniya (o‘pka yallig‘lanishi), sil, plevrit, o‘sma va boshqa o‘pka kasalliklarini erta aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.
Qachon tavsiya etiladi:
- Doimiy yoki surunkali yo‘tal
- Nafas qisishi
- O‘pka infeksiyasi alomatlari (isitma, titroq)
- Tuberkulyoz shubhasida
- O‘pka saratoni xavf omillari mavjud bo‘lsa
Aniqlanishi mumkin bo‘lgan kasalliklar:
- Pnevmoniya (yallig‘lanish)
- Sil (tuberkulyoz)
- O‘pka o‘smasi
- Plevrit (o‘pka parda yallig‘lanishi)
- O‘pka emfizemasi, bronxit
Afzalliklari:
- Tezkor va arzon
- Oson va og‘riqsiz
- Deyarli barcha klinikalarda mavjud
- Pnevmoniyani erta bosqichda aniqlash imkonini beradi
Tayyorlanish:
- Maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi
- Jarayon 5–10 daqiqa davom etadi

