Homiladorlik nazorati — bu faqat tekshiruv emas, balki sog‘lom onalikning kafolati hisoblanadi. Monitoring doirasida turli tekshiruvlar, analizlar, UZIlar va shifokor maslahatlari o‘z vaqtida amalga oshiriladi.
Asosiy maqsadlari:
- Onaning umumiy salomatligini nazorat qilish
- Homilaning rivojlanishidagi muhim bosqichlarni kuzatish
- Xavfli holatlarni (masalan, preeklampsiya, homila o‘sishidagi kechikish) erta aniqlash
- To‘g‘ri ovqatlanish, dam olish va hayot tarziga yo‘l-yo‘riq berish
Odatdagi tekshiruvlar:
- UZI (12, 20, 32 haftada)
- Qon bosimi, gemoglobin, qand va siydik tahlillari
- TORCH-testlar, RW, HBSAg, VICH testlari
- Kardiotokografiya (KTG) — homilaning yurak urishini nazorat qilish
- Vrach-ginekolog va terapevt ko‘rigi

