Lumbago — bu bel sohasidagi to‘satdan boshlanadigan yoki asta-sekin kuchayuvchi og‘riq bo‘lib, harakatlanishda qiyinchilik tug‘diradi. U o‘tirgan holda uzoq qolish, og‘ir yuk ko‘tarish yoki noqulay harakatlar natijasida yuzaga keladi. Ba’zida og‘riq oyoqlarga tarqaladi, bu esa radikulit yoki orqa umurtqa disklari muammosidan dalolat beradi.
Bel og‘rig‘ining asosiy sabablari:
- Orqa mushaklarining zo‘riqishi yoki cho‘zilishi
- Bel umurtqa oraliq disklari churrasi (grija)
- Skolioz, kifoz yoki lordoz kabi umurtqa qiyshikligi
- Surunkali osteoxondroz
- Stress, ortiqcha vazn, kamharakatlilik
Belgilari:
- Qimirlaganda kuchayadigan bel og‘rig‘i
- Oyoqlarga tarqaluvchi og‘riq yoki qizishish
- Belning qattiqligi va harakat cheklanishi
- Egrilik yoki bukrilik sezilishi
Davolash yo‘llari:
- Fizioterapiya (lazer, magnitoterapiya, elektroterapiya)
- Manual terapiya va massaj
- Orqa uchun maxsus LFK mashqlari
- Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi vositalar
- Og‘ir hollarda MRT bilan tekshiruv va neyroxirurg konsultatsiyasi

